Янгиликлар /

Karrik jarohat oldi

Мақола нашр қилинди

Angliya Futbol assotsiatsiyasi xabar berishicha Maykl Karrik Angliya terma jamoasi yig‘inida jarohat olgan va shu sababli futbolchi Manchesterga qaytib kelgan.

34 yoshli futbolchi yevro-2016 saralash o‘yinlari doirasidagi Angliyaning San-Marino ga qarshi kechgan uchrashuvida zahira o‘rindig‘idan joy olgan edi. Jarohat sababli futbolchi bugun bo‘lib o‘tadigan Shveytsariyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi. Shuningdek, Karrik «Manchester Yunayted» jamoasi tarkibida

«Liverpul» ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvda ham maydonga tusha olmasligi mumkin.

Futbolchining jarohati xaqidagi batafsil ma'lumot tibbiy tekshiruv o‘tkazilgandan so‘ng oydinlashadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.