Янгиликлар /

Ernandes «Bayer» jamoasiga o‘tdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» rasmiy sayti Xaver Ernandesni «Bayer» jamoasi safiga o‘tganini e'lon qildi. 27 yoshli meksikalik futbolchi nemis jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Chicharito  «Yunayted» safida 159 uchrashuvda ishtirok etib 59 golning mualifiga aylangan. O‘tgan mavsumda esa futbolchi ijara asosida «Real Madrid» jamoasida to‘p surgan edi.

««Manchester Yunayted» jamoasi Chicharitoning kelgusi faoliyatiga omad tilab qoladi», — deya yozadi jamoaning rasmiy sayti.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.