Янгиликлар /

Lindegor jamoani tark etdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» darvozaboni Andersa Lindegor «Vest Bromvich» jamoasi bilan  ikki yillik shartnoma imzoladi.

31yoshli daniyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvofaqqiyatli o‘tib jamoa a'zosiga aylangan. Futbolchi jamoaga erkin agent sifatida qo‘shilgan. Lindegor yangi jamoatarkibida 21 raqamda maydonga tushadi.

«Men «Vest Bromvich Albion»  tarkibiga qo‘shilganimdan xursandman, ishonamanki ushbu mavsumda jamoaga o‘z yordamimni bera olaman».

Eslatib o‘tamiz, Lindegor «Manchester Yunayted» tarkibiga 2010 yil noyabr oyida kelib qo‘shilgan va shu kunga qadar 29 uchrashuvda maydonga tushgan. 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.