Янгиликлар /

LVG: Qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubining bosh murabbiyi Lui van Gal «Everton»ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Arsenal»ga qarshi o‘yindan keyingi 2 hafta juda dahshatli tarzda o‘tdi. Shu vaqt davomida klubda juda yomon kayfiyat hukmron bo‘ldi. Hamma xafa holida yuribdi. Hattoki, meni oshpazim Mayk Donnelli ham. U oshxonadagi kayfiyat yaxshi bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadigan odam.

O‘sha mag‘lubiyat haqida ko‘p o‘yladim. Futbolchilar bilan suhbat o‘tkaza olmadim. Hamma terma jamoa ixtiyoriga uchib ketdi.

Bunday holat yana takrorlanmasligi uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz», — deydi Van Gal.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.