Янгиликлар /

SAF: U to‘g‘ri qaror qabul qilishi kerak

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson Joze Mourinoning «Chelsi»da yana muvaffaqqiyat qozonishiga ishonmoqda.

«O‘ylashimcha, Joze bunday og‘ir vaziyatda «Chelsi» xo‘jayini Roman Abramovichning qo‘llab-quvvatlashini istamoqda. Ba’zan senga qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘lib qoladi, ammo o‘ylashimcha, Mourino bunday quvvatlashni olgan. U to‘g‘ri qaror chiqara oladi va «Chelsi»ni inqirozdan olib chiqa oladi. Albatta, bunga bir necha hafta kerak bo‘ladi, ammo unutmangki, jamoa jarohati tufayli Tibo Kurtuani yo‘qotgan.

Mourinoning bir xislatiga qoyil qolib kelganman — uning jamoasi har doim u uchun jang qila oladi. U to‘g‘ri qaror qabul qilishi kerak va jamoa to‘g‘ri yo‘lga qaytadi», — deydi Fergyuson.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» APL jadvalida 16-pog‘onada bormoqda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.