Янгиликлар /

Errera: Runi - bizning yetakchimiz

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Ander Errera jamoadoshi Ueyn Runiga yuqori baho berdi. Eslatib o‘tamiz, Ueyn Runi «Everton»ga qarshi kechgan bahsda gol kiritib, jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Shu bilan birga hujumchi Premer ligadagi gollari soni bo‘yicha Endi Koulga yetib olgan va bu borada ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

«Runi jamoa ravnaqi yo‘lida juda katta mehnat qildi. U «MYu» uchun ham, Angliya terma jamoasi uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Ueyn — bizning yetakchimiz va ingliz futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchi. Sardor yaxshi formada bo‘lganida butun jamoa kuchli o‘yin namoyish qiladi», — deydi Errera.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.