Янгиликлар /

LVG: Oldindan bilish imkonsiz

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal Angliya chempionati doirasida «Everton» ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Ba’zi futbolchilar yangi jamoa o‘yiniga moslasha olmasligi mumkin. Buni oldindan bilish esa imkonsiz. U yoki bu futbolchida ko‘p kuchli jihatlar bo‘lishi mumkin, ammo buni jamoa manfaatiga yo‘naltirish kerak.
Ilgari Di Mariya va Falkao bilan ham shunday bo‘lgan edi, ularning har ikkisi ham ajoyib futbolchilar, ammo jamoa o‘yiniga moslasha olish ham kerak.

Bu o‘rinda gap faqat Memfis Depay haqida ketmayapti, har bir yangi futbolchi shunday qila olishi shart», — deydi murabbiy.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.