Янгиликлар /

Myuller: Van Gal taktikaga ko‘p e’tibor beradi

Мақола нашр қилинди

«Bavariya» klubi futbolchisi Tomas Myuller «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Agar Van Gal bir futbolchiga ishonsa, u haqida boshqalar qanday fikrda bo‘lishlaridan qat’i nazar uni asosiy tarkibda maydonga tushiradi. Van Gal ushlagan joyidan kesadigan murabbiy.

Bu mutaxassis menga futbolchi sifatida o‘sishga yordam bergan. Men undan minnatdorman. Van Gal intizomga katta ahamiyat qaratadi. Ba’zi futbolchilarga u oshirib yuborayotgandek tuyulishi mumkin. Shuningdek, Van Gal taktikaga ham ko‘p e’tibor beradi. Bu jihatdan u Gvardiolaga o‘xshaydi», — deydi Myuller.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.