Янгиликлар /

Mata: Valencia g‘alaba qozonish sirini biladi

Мақола нашр қилинди

Xuan Mata Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Moskvaning «CSKA» jamoasiga qarshi kechadigan safar uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Biz diqqatimizni allaqachon Chempionlar ligasiga qaratganmiz. Bilasizmi, bu biz uchun juda muhim bo‘lgan turnir. Biz ikki o‘yindan so‘ng uch ochko to‘pladik, Moskvada bo‘ladigan o‘yin jamoa uchun xal qiluvchi bo‘lishi mumkin. «CSKA» ustidan qozonilgan g‘alaba qolgan uchta o‘yin oldidan bizga kuch bag‘ishlagan bo‘lardi.

Menga «CSKA» bilan kechgan avvalgi o‘yinda «Yunayted»ning g‘alaba golini Antonio Valensiya kiritgan, deb aytishgandi.

Biz undan buning sirini aytishni iltimos qilamiz, ahir «CSKA» bu mavsumda saralash bosqichida ham, guruh bosqichida ham o‘z uyida mag‘lubiyatga uchramagan», — deya Mataning so‘zlarini keltiradi «MYu» rasmiy sayti.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.