Янгиликлар /

Dembele «MYu» nishonida

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi «Fulxem»ning 19 yoshli hujumchisi Musa Dembeleni qishda harid qilishi mumkin. Bu xaqida Sky Sports nashri xabar tarqatdi.

Dembele Fransiya terma jamoasining 5 toifadagi yoshlar jamoalarida to‘p surgan va xozircha asosiy jamoaga chaqiruv olmagan.

Sky Sports eksperti Endi Xinchkliffning so‘zlariga ko‘ra yosh fransuz futbolchisi Chempionshipning 10 nafar eng yaxshi futbolchilari qatoriga kiradi va bemalol Premer Liga uchrashuvlarida o‘zini ko‘rsata oliishini ta’kidladi.

«Albatta, u hali yosh va tajribasiz, lekin u maydonni juda yaxshi xis qila oladi. U Premer Liga uchrashuvlarida ishtirok eta oladi va bu uning yanada o‘sishi uchun qiziqarli taklif bo‘lar edi» — deydi Xinchkliff.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.