Янгиликлар /

Roxo jarohat oldi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» himoyachisi Markos Roxo qo‘lidan jarohat olib safdan chiqdi  deya xabar bermoqda Sky Sports nashri .

Roxo mashg‘ulotlar vaqtida jarohat olgan «Vest Xem» jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Xabarda aytilishicha futbolchi yaan qo‘l qismidan jarohatlangan. O‘tgan mavsumda ham «Siti» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng futbolchi qo‘lidan jarohat olgan edi. Jarohat qanchalik jiddiy darajada ekanligi xaqida xozircha aniq ma’lumot yo‘q.

Shanba kungi bahsda chap qanot himoyasida Roxo o‘rniga Deyli Blind o‘ynashi kutilmoqda. Avvlroq Lyuka Shou va Antonio Valensiya jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqishgan edi. Jamoa bosh murabbiyi Lui van Gala esa safdan chiqqan futbolchilarni o‘rniga yanvar oyidagi transfer vaqtida jamoaga yangi qanot himoyachisi taklif qilish niyatida.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.