Янгиликлар /

Shvaynshtayger oyning eng yaxshi futbolchisi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» muxlislari  jamoa yarim himoyachi Bastian Shvaynshtaygerni noyabr oyida jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topishdi. Bu xaqida jamoaning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bastian noyabr oyida jamoaning barcha uchrashuvlaridan asosiy tarkibda maydonga tushagan. «Lester» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda raqib darvzoasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, «Uotford» ustidan qozonilgan g‘alabada ham katta hissa qo‘shdi.

Germaniya terma jamoasi futbolchisi muxlislarning 55 foiz ovozini to‘plagan bo‘lsa, Kris Smolling 30 foiz ovoz bilan ikkinchi, uchinchi o‘rin esa Jessi Lingard 15 foiz ovoz bilan band etdi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.