Янгиликлар /

Kavani «Yunayted» ga keladimi ?

Мақола нашр қилинди

The Metro fransuzlarning L’Equipe nashriga tayanib xabar berishicha «Manchester Yunayted» PSJ jamoasi rahbariyati bilan Edinson Kavani borasida muzokara olib bormoqda.

Urugvayliy futbolchi jamoadagi holatidan norozi, jamoa bosh murabbiyi Loran Blan futbolchini qanot futbolchisi sifatida maydonga tushirmoqda. Xujumchi esa markaziy xujum chizig‘ida to‘p surish niyatida.  

«Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal jamoa xujum chizig‘idagi kamchilikni Kavanini jalb qilish orqali bartaraf etish niyatida.

28 yoshli futbolchi uchun jamoa 32mln. funt mablag‘ taklif qilish niyatida. Kavanining amaldagi shartnomasi esa 2018 yilda o‘z nihoyasiga yetadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.