Янгиликлар /

LVG: Roxo va Runi jarohat oldi

Мақола нашр қилинди

«Vest Xem» jamoasiga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etgan Lui van Gal jamoa holati yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.

«Bu haqida gazetalar xabr berib o‘tdi– Markos Roxo jarohat oldi. – U mashg‘ulotlar vaqtida qo‘lidan jarohat oldi, o‘tgan yili ham shunday jarohat olgan edi. Bu biz uchun juda yomon, avvaliga Lyuk Shou uzoq muddat safdan chiqdi, shunday ekan bizda chap  qanot himoyasida muammo bor ».

«Shuningdek, Ueyn Runida ham jarohat bor va  u ham «Vest Xem» jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Fil Djons ham hali to‘liq jismoniy holatini tiklay olmadi. Bizda xozirda 6 nafar jarohat olgan futbolchilar bor. Faqatgina bitta yangilik Jessi Lingard maydonga tushishga shay holda».

Boss shuningdek, Ander Errera va Antonio Valensiya hali ham jarohatda va tiklanish ishlarini davom ettirishmoqda deya ta’kidlab o‘tdi. 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.