Янгиликлар /

LVG: Iste’foga ketamanmi?

Мақола нашр қилинди

«Shaxsan men uchun, mening kelajagim haqidagi suhbat — mutlaqo qiziqarli mavzu emas. Men unga ta’sir o‘tkaza olmayman, men faqat o‘z futbolchilarim bilan ishlashim mumkin. Ular men uchun jang olib borayotganlarini ko‘rib turibman.

Hatto shunday natijadan so‘ng ham muxlislar meni olqishladilar. Shu sababli tashvishdaman, deb aytaolmayman. Futbol olamida oldindan biror narsani o‘zgartirish mumkin emas. Ammo men klub rahbariyati va futbolchilariga to‘liq ishonaman.

Iste’foga ketamanmi? Aksincha. Futbolchilar bu qadar og‘ir bosim ostida ham shunchalik yaxshi o‘ynar ekan, iste’foga ketishim uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman. Balki buni OAV istar, ammo men bunday qilmayman.

Gap mening qolishim yoki qolmasligim emas, balki shartnoma bandlarini bajarishdadir», — deydi van Gal.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.