Янгиликлар /

Gus: Bizga yakunlovchi hujumchi yetishmadi

Мақола нашр қилинди

Angliya chempionatining 19 turi doirasida «Manchester Yunayted» jamoasiga qarshi uchrashuvdan keyin (0:0) «Chelsi» bosh murabbiyi Gus Xiddink jurnalistlar bilan gaplashdi. U o‘yindagi natijadan qoniqqanini bildirgan.

«Bir tomondan safardagi bu natija yaxshi, biz qiyin uchrashuvda ochko oldik. Ikkinchi tomondan qarasak, bizda g‘alaba bilan qaytish uchun ham imkoniyatlar bo‘lgandi. Vaziyatlardan birortasidan unumli foydalnishimiz va 3 ochkoga ega chiqishimiz ham mumkin edi. Bizga yakunlovchi hujumchi yetishmadi (jamoa hujumchisi Diego Kosta diskvalifikatsiya tufayli o‘yinni o‘tkazib yubordi — tahririyat izohi). Umuman olganda, natijadan roziman. Jamoa katta ishtiyoq bilan o‘yin ko‘rsatdi va xavfli hududni tark etib, yuqoriga intilmoqda»,deydi murabbiy.

Ayni vaqtda, APLning turnir jadvalida «Chelsi» 20 ochko bilan 14 o‘rinda, «MYu» esa 30 ochko bilan oltinchi o‘rinda joylashgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.