«Manchester Yunayted» jamoasi sardori Ueyn Runi Angliya chempionati 19-turi doirasida «Chelsi»ga qarshi kechgan o‘yindan (0:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz ko‘plab xavfli vaziyatlarga ega bo‘lgandik, ammo shulardan hech bo‘lmasa bittasidan unumli foydalana olmadik. Jamoa katta ustunlikka ega edi, afsuski, bu safar omad bizga kulib boqmadi.
Biz haqimizda turli gap-so‘zlar tarqalayotganidan xabarim bor. Jamoa kurashda davom etadi va yuqori pog‘onalarga qaytadi», — deydi Runi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur turdan so‘ng «MYu» ochkolar sonini 30 taga yetkazib, 6-o‘rinda qolib ketdi. «Chelsi» 20 ochko bilan 14-o‘rindan joy oldi.
Янгиликлар /
Runi: Omad bizga kulib boqmadi
Мақола нашр қилинди
Бошқа янгиликлар
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.