Янгиликлар /

«Old Trafford» eng zerikarli stadion

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubiga tegishli «Old Trafford» stadioni Angliya to‘rtta divizioni orasida joriy mavsumning «eng zerikarlisi» bo‘ldi. «Qizil iblislar»ning yashil maydonida muxlislar mavsum boshidan buyon atigi 13 ta gol ko‘rishdi.

Eng kam gol ko‘rgan stadionlar orasida «Ivud Park» («Blekbern»), «Dipdeyl» («Preston Nort End») va «Stedium of Layt»(«Sanderlend») ham bor. Ushbu stadionga tashrif buyurgan muxlislar 18 tadan gol ko‘rishgan. 

Mavsumning «eng tomoshabop» stadioni «London Roud» («Piterboro») bo‘ldi.

Muxlislar mavsum boshidan buyon ushbu maydonda 45 ta golning guvohiga aylanishdi. Keyingi o‘rinlardan «Etixad» («Manchester Siti») va «Gudison Park» («Everton») joy olishdi.

Mazkur stadionlarda futbol ihlosmandlari 41 tadan gol ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.