Янгиликлар /

Moyes: Vaqt kerak edi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes o‘zining «qizil iblislar» boshqaruvidagi 2013/2014 yilgi mavsum haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Moyes 2013 yilda «Manchester Yunayted»ni qabul qilib, 2014 yilning aprelida iste’foga chiqarilgandi

«Agar hozir ham jamoani boshqarganimda hech narsani o‘zgartirmasdim, yana o‘sha paytdagi ishni qilardim. Agar jamoada 6 yil emas, atigi 10 oy ishlashimni bilganimda, boshqacharoq yo‘l tutgan bo‘lardim. O‘ylagandimki, bu jamoaning ishlari yurishmasa ham, bosh murabbiyni qo‘llab-quvvatlashadi. Menda shunday tasavvur bor edi. Qo‘l ostimda ser Aleks bilan birga APLda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ajoyib o‘yinchilar bor edi. Jamoa asta-sekin o‘zgarishi uchun vaqt kerak edi. 

Albatta, ayrim o‘yinchilarni almashtirish kerak edi, ammo bu 10 oyga cho‘zilishi kerak emas edi. Hozir «Manchester Yunayted»ning taklifini qabul qilarmidim? Albatta, ha. «Manchester Yunayted»ning taklifiga rad javobini beradigan murabbiylar jahonda kam bo‘lsa kerak», — deydi Moyes.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.