Янгиликлар /

Skoulz: Van Galga imkoniyat berish kerak

Мақола нашр қилинди

«Yunayted»ning sobiq ximoyachisi Pol Skoulz manchesterliklar ustozi Lui van Galni himoya qilib chiqdi.

«Mag‘lubiyatga uchrasa van Galni bo‘shatib yuborish kerakmi? Men bunday deb o‘ylamayman. Albatta, jamoa ko‘rsatayotgan futbol juda yaxshi emas, ayniqsa, oxirgi 4-5 haftada.

Ha, ular boshida g‘alabalarga erishib, jadvalning eng yuqorisida turishdi, ammo ko‘rsatgan o‘yinlari jozibali emasdi.

Barcha natijalar o‘yinga yarasha bo‘lyapti deb o‘ylayman, ammo ularning muammolarini nazarda tutganda, van Galni bo‘shatib yuborish kerak emas. Unga yana bir imkoniyat berish kerak.

Uning tajribasi jiddiy, u katta klublar bilan ishlagan. Unga vaqt berilsa hammasi iziga tushadi», — deydi Skoulz.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.