Янгиликлар /

Glazgoning oddiy bolakayi

Мақола нашр қилинди

Glazgoning oddiy kema quruvchilari oilasida Ikkinchi Jahon urushining o‘rtasida tavallud topgan bolada g‘ayrioddiy qobiliyat borligini hech kim bilmas edi. Bolalik chog‘idan futbolga muhabbat qo‘ydi va keyinchalik futbol bilan hayotini to‘liq bog‘ladi. Futbolchi sifatida Shotlandiyaning 6 jamoasi safida 300 dan ortiq maydonga tushgan bo‘lishiga qaramay tuzukroq sovrinni qo‘lga kirita olmagan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng murabbiylik foliyatini boshlashga kirishdi. Uni oldinda qiziqarli va ajoyib davrlar kutib turganini bilmas edi.

Murabbiy sifatida o‘zining ilk sovriniga 1976/77 yilgi mavsumda «Sent-Mirren» jamoasi bilan erishdi va Shotlandiya futbol ligasining birinchi divizioni g‘olibligini nishonladi.  

1978 yildan 1986 yilga qadar Shotlandiyaning «Aberdin» jamoasi bosh murabbiyi sifatida 10 ta mukofotni qo‘lga kiritdi.

1986 yildan esa keyinchalik uni Jahoning eng zo‘r murabbiy bo‘lishiga sababchi bo‘lgan voqyea yuz berdi. Bu uning «Mancheter Yunayted»  jamoasiga bosh murabbiy bo‘lib tayinlanshi edi.

Bu borasida u o‘zining  tarjimayi holida shunday yozib o‘tgan:

«Mening oilam bu ko‘chib o‘tishga qarshi edi. Lekin «Mancheter Yunayted» men uchun oddiy bir jamoa emas — butun bir missiya edi»

 Yunayted bilan o‘tkazgan oltin davrlar davomida 38 ta musobaqada g‘olib bo‘ldi. Bu ko‘rsatkichni takrorlash har kimning ham qo‘lidan keladigan ish emas.

Umumiy hisobda olganda esa o‘zi boshqargan jamoalar bilan 49 bora mukofotlarni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek:

  • 27 karra Angliyada oyning eng yaxshi murabbiyi sovrini g‘olibi;
  • 11 karra  Premer-liga ning eng yaxshi murabbiyi;
  • 4 karra bosh murabbiylar Assotsiatsiyasi tomonidan yilning eng yahshi murabbiyi;      
  • Bosh murabbiylar Assotsiatsiyasi tomonidan 90 yillarda 10 yillikning eng yaxshi murabbiyi sovrini sohibi;
  • «World Soccer» nashri tomonidan 4 bora Jahoning eng yaxshi murabbiyi;
  • «UEFA» tomonidan eng yaxshi klub murabbiyi unvoni sohibi;
  • «BBC» tomonidan sportdagi faoliyati mukofotida Yil murabbiyi;
  • Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi tomonidan 2 bora Yil murabbiyi unvoni sohibi;
  • 1999 yilda Mussabini medali sohibi;
  • «Onze Mondial» jurnalining «Onze d’Or» mukofotiga 3 karra sazovar bo‘lgan;
  • «Laureus» tomonidan yilning eng yaxshi bosh murabbiyi;
  • Ikki karra «UeFA» tomonidan yilning eng yaxshi murabbiyi;
  • 1996 yilda «AFJ  tomonidan futbolga qo‘shgan xissalari uchun taqdirlangan;
  • 2002 yilda Angliya futboli shon-shuhrati azolari qatoriga kiritilgan;
  • 2004 yilda Shotlandiya futboli shon-shuhrati azolari qatoriga kiritilgan;
  • «PFA tomonidan futbolga qo‘shgan xissalari mukofoti sohibi;
  • 2011 yilda FIFA prezidentining maxsus mukofoti sohibi;
  • Britananiya imperiyasi Ofitseri ordeni sohibi;
  • Britananiya imperiyasi Komandori ordeni sohibi;
  • 1999 yilda Ritsar-bakalavr unvoni sohibiga sazovar bo‘lgan;
  • Aberdin (1999), Glazgo (1999), Manchester (2000) va Trafford (2013) shaharlarining fahriy fuqarosi;
  • 9 ta Xalqaro universitetning fahriy doktorlik unvoni sohibi;

Bir so‘z bilan aytganda bugun 74 yoshni qarshilagan inson bu Ser Aleks Férgyuson edi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.