Янгиликлар /

LVG: Balki «MYu» faoliyatimdagi so‘nggi klubdir

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal amalda boshqarayotgan klubi faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 64 yoshli mutaxassis 2014 yilning yozidan buyon mankunianliklarni boshqarmoqda.

«Men doim o‘z ishimni bajaraman. Siz, jurnalistlar o‘z ishingizni qilishingiz zarur. Shtabimning ba’zi a’zolari: «Xujayin, sizga yordam kerak emas-mi?», — deyishadi. Men doim shunday javob qaytaraman: «Sen o‘z ishingni barajgan holda menga yordam berasan. Uni iloji boricha yaxshi bajargin, men mamnun bo‘laman».

Shuni futbolchilardan ham talab qilaman. «MYu» faoliyatimdagi birinchi klub emas. Balki, «MYu» — faoliyatimdagi so‘nggi klubdir», — deya van Galning so‘zlarini keltiradi Goal.com portali.

Ayni damda «Manchester Yunayted» APL musobaqa jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.