Янгиликлар /

LVG: U o‘ynash istagan edi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal nima sababdan yozda Xaver Ernandes va Robin van Persi sotib yuborilganini aytib o‘tdi.

«Men raqobatga u qadar ishonmayman. Men uchun ishonch muhimroq. Balki men nohaqdirman, ammo bir umr mana shunday ishlab kelganman. Men o‘z futbolchilarimga ishonaman.

Biz barcha hujumchilarni tarkibda saqlab qolsak bo‘lardi, ammo bunday holatda ko‘pchilik zaxira o‘rindig‘ida qolib ketardi va norozi bo‘lib yurardi. Keyin esa baribir ketishni istagan bo‘lardilar.

Darvoqe, bu holat Xaver Ernandesga tegishli. U o‘ynash istagan edi. Ammo futbolda har doim ham bunga imkon bo‘lavermaydi», — deydi van Gal.

Eslatib o‘tamiz, Xaver Ernandes «Bayer» tarkibida dekabrda 3 o‘yinda 5 ta gol urib, Germaniya chempionatida qatorasiga ikkinchi marta oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.