Янгиликлар /

Moyes: Runi orqaroqda o‘ynashi kerak

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes joriy mavsumni omadsiz o‘tkazayotgani uchun tanqidlar nishoniga aylangan Ueyn Runini qo‘llab-quvvatlab chiqdi.

«Hozir Runi uchun oson davr emas. Lekin u vaziyatdan chiqib keta oladi. Men hamisha gapirib kelganmanki, Runi bir kun kelib yarimhimoyachiga aylanishini. Lekin u hozir ham markaziy hujumchi o‘rnida o‘ynatilmoqda.

Uni futbol olamidagi yuqori saviyali futbolchilar safidan o‘chirishga hali erta deb bilaman.

Van Gaalga esa vaqt kerak. Umid qilamanki, «MYu» van Gaalga ko‘proq ishlash imkonini beradi. U bunga munosib.

U «MYu»ni kuchaytirish uchun ishlashda davom etmoqda. «MYu» bir qator futbolchilarni sotib oldi va Ispaniyadagi tajribamdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam, ularga o‘ynab ketishi uchun vaqt kerak», — deydi Moyes.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Ueyn Runi APLning 15ta turida ishtirok etib, 2ta gol urdi va 1 golli pas muallifi bo‘ldi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.