Янгиликлар /

Jerrard: Kimga ishonar edingiz?

Мақола нашр қилинди

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Stiven Jerrard ushbu mavsumda ko‘plab tanqidga uchrayotgan «MYu» hujumchisi Ueyn Runini himoya qilib chiqdi.

«Vardi va Keyn — ajoyib futbolchilar, ammo siz hal qiluvchi o‘yinlarda kimga ishonardingiz? Kimdir Runidan yaxshiroq variantni ayta oladimi? Deylik, o‘yin oxirida Angliya termasining taqdirini hal qiluvchi penalti tepishi kerak. Bu zarbani kimga ishonar edingiz?

Runi — bu faqat gollar degani emas, Ueyn butun jamoaga ta’sir o‘tkaza oladi. Hozir uni qo‘llab quvvatlash kerak, tanqid emas», — deydi Jerrard.

Ueyn Runi bu mavsumda APLning 15 uchrashuvida ikkita gol urib, bitta golli uzatma oshirgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.