«Liverpul» klubi sobiq futbolchisi Jeymi Rednapp «Manchester Yunayted» Garet Beylni sotib olishi kerakligini aytib o‘tdi.
«Beyl «Manchester Yunayted»ga ham futbolchi, ham brend sifatida juda mos keladi. Bu so‘zni ishlatganim uchun uzr.
Klubning tijoriy bo‘limi bundan katta foyda ko‘rishi turgan gap. Chunki muxlislar klubdan Ronaldu va Giggz ketgach bunday darajadagi yulduzni ko‘rganlari yo‘q.
Bu transfer yozda amalga oshsa kerak. Agar Garet Angliyaga qaytishga qaror qilsa, mankunianliklar uni albatta o‘z safiga qo‘shib olishi lozim. Buning uchun esa kamida kuchli to‘rtlikka kirishi kerak bo‘ladi», — deydi Rednapp.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.