Янгиликлар /

Giggz Beylni «MYu»ga o‘tishga ko‘ndirmoqchi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubi «Real»ning uelslik yarim himoyachisi Garet Beylni qishki transferlar vaqtida sotib olmoqchi.

The Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi uchun manchesterliklar 75 million funt to‘lashga tayyor.

Manbada yozilishicha, «MYu» bosh murabbiyi yordamchisi Rayan Giggz o‘z vatandoshini «Old Trafford»ga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishiga jamoa rahbariyati umid qilmoqda.

Shuningdek, Beylning o‘zi Rafael Benitesning iste’fosidan xafa bo‘lgan va faoliyatini APLda davom ettirishga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2013 yilda «Tottenhem»dan rekord darajadagi mablag‘ (85 million funt) evaziga «Real»ga ko‘chib o‘tgandi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.