Янгиликлар /

BBC: Yanuzay ijaradan qaytadi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» ijara asosida Dortdmundning «Borussiya» jamoasida ijarada to‘p surayotgan Adnan Yanuzayni muddatdan avval qaytarib olishi mumkin. Bu xaqida BBC nashri xabar bermoqda.

«Qizil iblislar» 20 yoshli futbolchini 2015/16 mavsum so‘ngiga qadar nemis jamoasiga ijaraga bergan edi. Adnan so‘ngi paytda nemis jamoasi tarkibida o‘yin amaliyotisiz qolib ketmoqda.

Yanuzay  «Borrussiya» tarkibida 12 bor maydonga tushgan bo‘sa faqatgina 3 o‘yindagina asosiy tarkibda maydonga tushgan. Shu sababli «Yunayted» rahbariyati futblchini jamoaga qaytarish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, Yanuzayning «Yunayted» bilan shartnomasi 2018 yilda o‘z nihoyasiga yetadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.