«Manchester Yunayted» jamoasi darvozaboni David De Xea so‘zlariga qaraganda, jamoa yevropa ligasida g‘alaba qozonish uchun kurashar ekan.
«Evropa ligasi — ajoyib turnir. 2010 yili men «Atletiko» bilan ushbu sovrinni qo‘lga kiritgandim. Bu juda uzoq davom etadigan musobaqa va boz ustiga o‘yinlar payshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Shu sabab, kun tartibimizmizga o‘zgartirishlar kiritishimizga to‘g‘ri keladi».
«Ammo, biz ushbu musobaqada g‘alaba qozonishga tayyormiz, deb o‘ylayman», — deydi David de Xea.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.