Янгиликлар /

De Xea: Ko‘proq xarakat qilish kerak

Мақола нашр қилинди

 «Manchester Yunayted» darvozaboni David de Xea fikricha bu yil jamoa himoyachilari o‘tgan mavsumga qaraganda yaxshi o‘yin namoyish qilishmoqda.

APL da o‘tgan  20 turdan so‘ng «Yunayted» o‘z darvozasidan 17 gol o‘tkazib yuborgan bu «Tottenxem» (16) dan keyingi o‘rin degani.

«Albatta, afsuslanarli, biz ketma-ket bir qator uchrashuvlarda ochkolarni boy berdik, bunga tarkibdagi jarohatlar sabab bo‘ldi. Yanada ko‘proq xarakat qilish kerak».

«Ushbu mavsumda avvalgiga qaraganda «Yunayted» himoyada yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda, bu jamoaga ishonch bag‘ishlaydi. «Yunayted» da ajoyib hujumkor futbolchilar yig‘ilgan, shunday ekan gol albatta bo‘lishi lozim. Kuchli jamoada ishonchli himoya bo‘lishi juda muhim», — deydi de Xea «Manchester Yunayted» rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.