Янгиликлар /

De Telegraaf: Lukaku «MYu» nigohida

Мақола нашр қилинди

Gollandiyaning De Telegraaf nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» jamoasi  «Everton» hujumichisi Romelu Lukaku borasidagi vaziyatni o‘rganib chiqmoqda.

Xabarda aytilishicha Lui Van Gal qishki transfer oynasi vaqtida jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish niyatida va Lukaku bu o‘ringa asosiy nomzod qilib qaralmoqda.
 
Van Gall skautlari «Gudison Park» stadionida futbolchining bir qator uchrashuvlarini ko‘rishgan.

Ushbu mavsum 22 yoshli futbolchi Premer-Liganing 20 turida ishtirok etib 15 ta gol urishga erishgan.

Taxminlarga ko‘ra «Everton» Lukaku uchun 35 mln. funt sterlingdan ziyod mablag‘ talab qilmoqda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.