Янгиликлар /

«MYu» Boyan Krkichga xaridor

Мақола нашр қилинди

Ispaniyalik 25 yoshli hujumchi Boyan Krkich faoliyatini «Old Trafford»da davom ettirishi mumkin.

Daily Mail nashrining xabar berishicha, «Manchester Yunayted» klubi ayni paytda «Stok Siti» sharafini himoya qilayotgan Krkichga jiddiy qiziqish bildiryapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi 10 million funt sterling evaziga «Qizil iblislar» safiga ko‘chib o‘tadi. Aynan shuncha summa Boyanning shartnomasida belgilab qo‘yilgan. Joriy mavsumda Krkich «Stok» safida 17ta uchrashuvda maydonga tushib, 5ta gol kiritgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.