Янгиликлар /

«MYu» abonementlar narxini oshirmadi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» ketma-ket beshinchi yil mavsumiy abonementlar narxini o‘zgarishsiz qoldirdi deya xabar bermoqda Manchester Evening News.

Eng arzon abonement quyidagi «Stretford End» yoki «Skobod End» bo‘lib katta yoshdagilar uchun 532 funt, eng qimmat mavsumiy abonement uchun esa «Yunayted» muhlislari 950 funt sarflashlari lozim.

Ushbu narx 2011 yildan buyon o‘zgarishsiz qolmoqda. Jamoa jahon bo‘ylab 68 ta iqtisodiy hamkorga ega.

2005 yil Gleyzerlar oilasi jamoaga kelgandan so‘ng ayrim abonementlar 72% gacha oshirilgan edi. Umumiy abonementlar esa 55% ga oshirligan.
Jamoa rahbariyati muhlislarga qulaylik yaratish maqsadida narxlarni o‘zgarishsiz qoldirdi.   

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.