Янгиликлар /

LVG: Oltita gol kiritishimiz mumkin edi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal «Nyukasl»ga (3:3) qarshi kechgan Angliya chempionatining 21-tur uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«So‘zsiz, bu natijani mag‘lubiyatdek qabul qildim. Biz g‘alabani qo‘ldan boy berdik».

«Hakam darvozamiz tomon penalti belgilab xato qildi, deb o‘ylayman. Bu shunchaki yelkama-yelka kurash edi. Nima bo‘lganda ham biz g‘alabani qo‘ldan boy berdik».

«Biz bemalol oltita gol kiritishimiz mumkin edi, ammo buni uddalay olmadik. Agar g‘alaba qozonganimizda «Liverpul» qarshi kechadigan bahsga o‘ta ko‘tarinki kayfiyatda tayyorgarlik ko‘rardik».

«Vaziyatlar yaratish qiziq emas. Har bir matbuot anjumanida men takrorlayman – muhimi raqibdan bitta ko‘p gol urish kerak», – deydi van Gal.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.