Янгиликлар /

Tare: Bizning o‘z maqsadimiz bor

Мақола нашр қилинди

Italiyaning «Latsio» jamoasi  tasdiqlashicha yozning so‘ngi kunlarida «Manchester Yunayted» rim jamoasiga Felipe Anderson borasida taklif bilan chiqqan.

«27 avgustda biz «Manchester Yunayted» ning 50 million yevroli taklifini rad qildik, shunday ekan vaziyat o‘zgarmaydi. Biz Felipeni sotish niyatida emasmiz. Uning narxi yanada baland. Bizning  o‘z maqsadimiz bor», deydi «Latsio» sport direktori Igli Tare.

Eslatib o‘tamiz, so‘ngi tarqalgan xabarlarda «Yunayted» 22 yoshli futbolchini qishki transfer oynasi vaqtida sotib olish mumkinligi aytilgan edi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.