Янгиликлар /

Xames Rodriges «Yunayted»ga o‘tadi?

Мақола нашр қилинди

«Real» yarim himoyachisi Xames Rodriges jamoani tark etib, «Manchester Yunayted»ga o‘tadi, deya xabar tarqatdi Goal.com.

Manbaga ko‘ra, kolumbiyalik futbolchining mashg‘ulotga munosabati va uning jismoniy holati bosh murabbiy Zayniddin Zidanga yoqmayapti. Shuningdek, Rodrigesning o‘zi ham kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganidan norozi bo‘lmoqda.

«Qirollik klubi» rahbariyati Xamesni sotishga rozilik berdi va bu haqda «MYu»ga xabar berdi. «Qaymoqranglilar» futbolchi uchun 70 million yevro so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xames 2014 yilda «Monako»dan «Real»ga 80 million yevro evaziga o‘tgandi. Futbolchi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 12ta o‘yinda maydonga tushdi, 3ta gol urdi va 6ta golga assistentlik qildi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.