Янгиликлар /

LVG Yurgen Kloppga kinoyali javob qaytardi

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» bosh murabbiyi Lui vaan Gal «Liverpul» bilan bo‘lajak to‘qnashuv arafasida o‘zining ish uslubiga kinoyali fikr bildirib, uning «futbol falsafasi» haqida eslab o‘tgan raqiblar bosh murabbiyi Yurgen Kloppga kinoyali ravishda javob qaytardi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «MYu» «Liverpul»dan farqli o‘laroq 26 yil chempionlik sovrinisiz qolib ketmaydi.

Qayd etish kerakki, mersisaydliklar 1990 yildan buyon, liga nomi Angliya premer ligasi deya o‘zgartirilganidan beri Angliya chempionatida g‘olib bo‘la olmay kelmoqda.

«MYu» ham 26 yil davomida (1967 yildan 1993 yilgacha) Angliya chempioni bo‘la olmagan.

«Men jamoaning qayta qurilish davrida ishtirok etmoqdaman va «Manchester Yunayted»ni 26 yil chempion bo‘la olmasligini tasavvur qila olmayman. Biz o‘tish davrida to‘g‘ri harakat qilyapmiz.

Balki bu men o‘ylaganimdan ko‘ra ko‘proq vaqt davom etishi va sovrinlarni kutib qolishimiz mumkin. «MYu» yaxshi tashkil etilgan, yirik klub. Bizda ajoyib infrastruktura bor va yildan yilga o‘sishga erishyapmiz.

Mening hisoblashimcha, hozirda APLda avvalgi o‘n yilliklardagi kabi osongina chempion bo‘lish ilojsiz. O‘sha vaqtlarda «MYu», «Liverpul» kabi jamoalar boshqalaridan bir bosh ustun bo‘lgan. Hozirda bu farqlar yo‘qolgan. Lekin «MYu» kelgusida yana o‘z darajasiga qaytadi. Biz har mavsumda kuchli uchlikka kirishimiz kerak. «Liverpul» bilan ham shunday vaziyat», deydi van Gaal.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.