Янгиликлар /

LVG: Men juda xursandman

Мақола нашр қилинди

Bosh murabbiy Lui van Gal «Liverpul» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng uchrashuv borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

G‘alaba haqida: « Albatta «Liverpul» ustidan g‘alaba qozonish muhlislar uchun ham katta ahamiyat kasb etishini  bilardim. Yana bir muhim tarafi jadvaldagi asosiy raqobatchilarimizning ochko yoqotgani bo‘ldi. Shunday ekan ushbu g‘alaba– jamoaning to‘g‘ri yo‘ldaligini ifodalovchi yaxshi qadam va men juda xursandman».

Uchrashuvdagi reja haqida: «Bizning reja birinchi taymda to‘liq ishlamadi, «Liverpul» juda agressiv va yaxshi o‘yin namoyish qildi. Ikkinchi taymda esa to‘pni ishonch bila nazorat qila oldik, hamda o‘yinni qatara oldik, vaziyatlar tashkil qildik va yakunda Ueyn Runi gol urishga musharrf bo‘ldi».

Ikkinchi taym haqida: «Men ikkinchi bo‘limda namoyish qilgan o‘yinimizdan m'mnun bo‘ldim, birinchi bo‘limda «Liverpul» ustunlik qildi, lekin biz gol o‘tkazib yubormadik. Ikkinchi bo‘limda esa, biz qanday o‘ynay olishimizni ko‘rsatib qo‘ydik, va xar qanday vaziyatda ham gol ura olishimizni isbotladik».

Runi haqida: «Men uning uchun xursandman, shuningdek uning o‘zi ham juda xursand. Men undan «Enfild» da gol urishini so‘ragan edim va buni uddaladi, hamda ketma-ket bir necha o‘yindan beri gol urish seriyasini davom ettirdi. Men o‘ylashimcha u fantastik hujumchi. O‘ylashimcha gazetalar ham uni shuday hisoblashadi. Mavsum boshida  ular Ueynni ko‘p tanqid qilishgan edi».

De Xea haqida: «Men David nechta seyv amalga oshirganini hisoblamadim, lekin o‘ylashimcha bu ishni ko‘p amlga oshirdi. U doimo o‘z belgilangan darajada o‘ynay oladi, bu esa juda ajoyib».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.