Янгиликлар /

Runi: Muhim va ajoyib g‘alaba

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi «Liverpul» (1:0) ga qarshi uchrashuvdan so‘ng o‘yin haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Shuningdek, futbolchi APL da bir jamoa safida to‘p kiritish borasida rekord o‘rnatdi.

«Hamma biladi, «Liverpul» ga qarshi uchrashuv turnir jadvalidagi o‘rin qanday bo‘lishidan qat'iy nazar juda katta ahamiyatga ega. Bu juda ham muhim o‘yin edi».

«Biz uch ochkoni qo‘lga kiritib va yil boshidagi yaxshi o‘yinlarni davom etirishimiz juda zarur edi. Juda ham muhim va ajoyib g‘alaba bo‘ldi.

«Rekord haqida nima deyishim mumkin, men bu haqida bilmas edim. Rekord o‘rnatish – bu juda ajoyib. Men «Enfild» da g‘alaba to‘pini kiritdim. Men bu his – hayajondan bahtiyorman», – deydi Runi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.