Янгиликлар /

Shnayderlin: David — muhim o‘yinchi

Мақола нашр қилинди

Morgan Shnayderlin «Enfild»da qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoaning rasmiy saytiga intervyu berdi.

« «Enfild» da doimo ajoyib muhit hukmronlik qiladi, ayniqsa derbilarda. Biz o‘zimizni yaxshi xis qildik va g‘alaba qozondik biz bundan xursandmiz. Jamoaga va jamoa muhlislariga g‘alabni tortiq qildik. Ishonamanki biz shu ruxda o‘ynashni davom ettira olamiz».

«Birinchi bo‘limda bizning hisobda raqibdan to‘p olib qo‘yishimiz kam bo‘ldi. Lekin doim to‘pga birinchi tegishda ko‘p g‘olib bo‘ldik, lekin to‘p olib qo‘yishda oqsadik».
«Birinchi bo‘limdan so‘ng kiyinish xonasiga kirganimizdan so‘ng tanqid va baqiriqlar bo‘ldi, albatta, bu normal xolat, derbida g‘alaba qozonish uchun kurashish lozim».

«Liverpul» —jamoasi, hujumda doim pressing ishlatdi, biz bilar edik, darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubormasak, g‘alaba uchun imkon bo‘lar edi. Ikkinchi bo‘limda biz buni uddalay oldik. Biz gol urdik va yakunda mo‘jizaviy uch ochkoni qo‘lga kiritdik».

 «David — jamoa uchun juda ham muhim o‘yinchi. — Biz uning o‘tgan yili yozda jamoani tark etmaganidan xursand bo‘lgan edik. Darvozada bunday futbolchi turar ekan, bu juda yaxshi, biz bilamiz ko‘p gol o‘tkazmayotganimizni yaxshi bilamiz, u bizni qutqarmoqda. O‘z ishini yaxshi bajarmoqda».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.