Янгиликлар /

Sanches londonliklar safini tark etmoqchi

Мақола нашр қилинди

«Arsenal»ning yetakchi futbolchilaridan biri, chililik qanot hujumchisi Aleksis Sanches londonliklar safini tark etishga tayyor. Bu haqda Don Balon nashri xabar bergan.

Ushbu 27 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted», «Chelsi» va»Manchester Siti» jamoalaridan qiziqish mavjudligi aytilmoqda.

Futbolchi Manchester shahri vakillarining takliflarini ko‘rib chiqishga tayyorligini, ammo «Chelsi»ga o‘tishni xayoliga ham keltirmayotganini aytgan.

Yaqin vaqt ichida uning agenti «MYu» va «Manchester Siti» vakillari bilan uchrashishi aytilgan.

Ma’lumot uchun, Sanches joriy mavsumda «Arsenal» safida 20ta o‘yin o‘tkazdi va 9ta gol urib, 5ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.