Янгиликлар /

Bolt: Men futbolchi bo‘la olaman

Мақола нашр қилинди

Taniqli yamaykalik sprinter Useyn Bolt o‘zi muxlislik qiladigan «Manchester Yunayted» jamoasidagi hozirgi ahvol bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi.

Uning o‘zi aytishicha, u Lui van Gaal boshqaruvidagi «Manchester Yunayted»da o‘ynashga rozilik bermagan bo‘lardi.

Sprinter gollandiyalik murabbiyning o‘yin uslubini o‘ta zerikarli deb baholagan.

«Menimcha, men «Manchester Yunayted»ning talabiga javob bera oladigan futbolchi bo‘la olaman. Jamoa meni transfer qilishga urinib ko‘rsa bo‘ladi. Men o‘ta tezkorman, to‘p bilan muomila qilishni ham qoyillataman va taktik sxemalarga aqlim yetadi. Lekin van Gaalning o‘yin uslubini kuzata turib, men bunday taklifga rozi bo‘lmagan bo‘lardim deb o‘ylamoqdaman. Men jamoa murabbiyni o‘zgartirmaguncha, bunday taklifga rad javobini qaytaraman», deydi Bolt Goal nashriga bergan intervyusida.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.