Янгиликлар /

«Yunayted» akademiyasida katta o‘zgarishlar

Мақола нашр қилинди

The Daily Mail nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa akademiyasining vaqtinchalik direktori hisoblangan Nik Batt bilan shartnomani uzaytirish nityaida.
«Qizil iblislar» ning sobiq yarim himoyachisi Akademiyaga yangi direktor tayinlangandan so‘ng «Yunayted» 19 yoshlilar jamoasi bosh murabiyiga aylanadi. Jamoa akademiyasida yangilanish ishlari olib borilmoqda Batt esa yangi tizimni joriy qilinishida asosiy rolni o‘ynashi takidlanmoqda.

Jamoa ijrochi direktori Ed Vudvord Karringtondagi jamoa akademiyasini yangilash borasida o‘zi rahbarlik qilmoqda. Jamoaning azaliy raqibi «Siti» umumiy miqdori  200 million funtlik akademiya ochgandan so‘ng «qizil iblislar» da ham yangi tizim joriy qilish bo‘yicha rejalar tuzilgan.

The Times nashri xabar berishicha jamoaning yoshlarni jalb qilish xizmati rahbari  Derek Lengli ham yozda istefoga chiqarilishi mumkin. Uning o‘rniga «Yunayted» rahbariyati «Tottenxem» jamoasi mutaxassisi  Jon MakDermottni jalb qilishi niyatida. Bu mutaxassis qo‘l ostida «shpor» lar akademiyasidan Xarri Keyna, Denni Rouza va Rayan Meysonlar chiqishgan. Hozircha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakuniga yetgan va– MakDermott rad javobini bergan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.