Янгиликлар /

«MYU»ga «yangi Modrich» keladi?

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» ustozi «Dinamo Zagreb»ning 16 yoshli futbolchisi Alan Hilalovichni kuzatib bormoqda.

Tashqi ko‘rinishidan «Real Madrid» futbolchisi Luka Modrichni eslatib yuboruvchi xorvatiyalik yosh futbolchini «Yangi Modrich» yoki «kichkina Modrich» deya taʼriflashmoqda. Ser Aleks Fergyusonning nazariga tushgan ekan, futbolchining kelajagi borligini tasavvur qilish mumkin.

Agar yakunda Hilalovich shotlandiyalik mutaxassisda ijobiy taassurot qoldirsa, yaqin orada uni «qizil iblislar» tarkibida ko‘rsak ajab emas.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.