Янгиликлар /

Fergyuson: Jamoamda shunday juftlik borligidan xursandman

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson, shogirdlari Ueyn Runi hamda Robin van Persilarnining «ChFR Kluj»ga qarshi o‘yinlari haqida to‘htalib o‘tdi.

Kecha gollandiyalik hujumchi 2 ta gol kirtishga muvaffaq bo‘ldi va jamoasiga g‘oliblikni olib keldi — 1:2. Har ikkala vaziyatda ham unga golli uzatmani Ueyn Runi ajoyib taʼrzda etkazib berdi.

«Ikkinchi gol — fantastika! Men, Runi juda kuchli va uzun pas uzatdi deb o‘ylagan edim, ammo to‘p to‘g‘ri van Persiga bordi. Robin to‘p bilan yaxshi muomalada bo‘ldi va uni darvoza tomon yo‘naltirdi.Shu ikki futbolchining umumiy yaxshi hislati bor — ular o‘yin borishini keskin o‘zgartirib yuborishligi mumkin. Mening jamoamda shunday juftlik borligidan xursandman» — deydi ser Aleks.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.