Янгиликлар /

Runi: Maydonda 90 daqiqa o‘ynaganimdan xursandman

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi Chempionlar Ligasi doirasida ChFRga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Shubhasiz, bu juda murakkab o‘yin bo‘ldi. Raqib bizning emin-erkin harakat qilishimizga yo‘l qo‘ymadi. Har bir daqiqada diqqatni bir erga jamlab o‘ynadik.

Chempionlar Ligasida oson o‘yinlar bo‘lmaydi. Uchrashuvda qo‘pol xato evaziga darvozamizdan gol o‘tkazib yubordik. Bunday vaziyatlarni boshqa takrorlamaslik kerak. Baxtimizga hammasi biz kutgandek xotima topdi.

g‘alaba to‘pi menga juda yoqdi. Van Persi hujumga ajoyib nuqta qo‘ydi.Maydonda 90 daqiqa davomida harakat qilganimdan xursandman. Katta ishtiyoq bilan o‘z ustimda ishlab, shunday hayajon bilan jamoaga maksimal darajada yordam berishimni kutgandim.

Keyingi uy uchrashuvimizda ham 3 ochkoni qo‘lga kiritsak, u holda guruhdagi vaziyat biz uchun juda yaxshi ko‘rinish oladi», – dedi Runi ITV Sportga bergan intervyusida.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.