Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino «MYU» ustozi Aleks Fergyuson bilan o‘zaro munosabatlari haqida gapirib o‘tdi.
«Men uni «boss» deb atayman. Chunki u murabbiylar ichida haqiqiy boss sanaladi. Umid qilamanki, men Angliyaga qaytganimda ham u «MYU»da ishlayotgan bo‘ladi».
«Hozircha esa bu haqda o‘ylamayapman. Chunki o‘zim «Real» bilan 4 yillik shartnomaga qo‘l qo‘yganman.
Bu ishni o‘zim qilgan ekanman, demak men Madridda qolishni qolishni xohlayman. Boshqa jamoa haqida o‘ylashni xohlamayman», deya Mourinoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «SNN» nashri.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.