Янгиликлар /

Shou tez orada safga qaytishi mumkin

Мақола нашр қилинди

Telegraph nashri xabar berishicha himoyachi Lyuk Shou kelasi xaftadan boshlab umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarga kirishadi.

Lyuk yaqin 7-10 kun ichida safga qaytib jamoasining chempionatdagi hal qiluvchi o‘yinlarida va Angliya Kubogi bahsida jamoasiga yordam berishi mumkin.

Himoyachi o‘tgan yilining sentryab oyidan beri maydonga tushmayapti va hozirda jamoaning Karringtondagi bazasidan maxsus dastur asosida tiklanish jarayonida.

Angliya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchi tiklanib safga qaytgandan so‘ng terma jamoa bosh murabbiyi Roy Xodjson uning holatiga qarab Yevro-2016 ga boradigan tarkibga kiritishi mumkin.

20 yoshli futbolchi yozda maxsus dastur asosida mashg‘ulot olib borib kelasi mavsumda «Yunayted» ga to‘liq yordam berishi mumkinligi aytilmoqda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.