«Valensiya» jamoasi bosh murabbyi Gari Nevill o‘z lavozimini tark etdi.
Ispaniya klubi saytida ingliz mutaxassisi bilan shartnoma bekor qilingani haqida ma’lum qilindi.
«MYu»dagi futbolchilik faoliyatidan keyin televidenieda ishlay boshlagan Nevill «Valensiya»ga 2015 yilning dekabrida mavsum yakunigacha bosh murabbiy sifatida tayinlangandi.
Endilikda mavsum yakunigacha jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi sifatida Pako Ayestaran ishlaydi.
Nevill boshqaruvida jamoa Ispaniya chempionatida ketma-ket g‘alabasiz 10 o‘yindan iborat antirekord qayd etdi. Bundan tashqari, jamoa Ispaniya kubogi yarim finalida «Barselona»dan 0:7 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
4 oy davomida «Valensiya» barcha turnirlarda 10ta g‘alaba, 7ta durang va 11ta mag‘lubiyat qayd etdi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.