Янгиликлар /

UzReport APL o‘yinlarini o‘zbek tilida ham sharhlab boriladi

Мақола нашр қилинди

Joriy haftadan boshlab UzReport telekanalida Angliya premer-ligasi o‘yinlari o‘zbek tilida ham sharhlab borilishi boshlanadi. Bu haqda uzreport.uz saytida xabar berilgan.

«Xabaringiz bor, telekanal orqali shanba va yakshanba kunlari APLdan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar «jonli» efirda namoyish qilib kelinmoqda.

Telekanal auditoriyasining kengligini va ko‘plab tomoshabinlarning talab va istaklarini inobatga olgan holda, shu haftadan boshlab Premer-liga o‘yinlari o‘zbek tilida ham sharhlanadi.

Jumladan, 2 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da «Emireyts» stadionida «Arsenal» klubi «Uotford»ga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yinni Davron Fayziev va Yoqubjon Bobojonov birgalikda sharhlab borishadi.

Shu kuni soat 21:30da esa «Enfild» o‘yingohida «Liverpul» klubi «Tottenhem» bilan bahslashadi. Bu uchrashuvni Jasurbek G‘aybullaev va Otabek Jo‘raev rus tilida sharhlashadi.

3 aprel kuni esa soat 17:30da «Lester» klubi «Sauthempton» bilan kuch sinashadi. Shu kuni kechki soat 20:00da esa «Old Trafford»da «Manchester Yunayted» jamoasi «Everton»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. «Lester» — «Sauthempton»ni G‘aybullaev -Jo‘raev juftligi sharhlab borsa, «MYu» — «Everton» o‘yinini Fayziev va Bobojonov sharhlashadi.

Tez orada rus va o‘zbek tilidagi sharhlar borasida sizni yana bir ajoyib syurpriz kutib turibdi. Bu haqida vaqti kelsa ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.